Kuzatuvchi.uz / MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI

MARKAZIY BANK ASOSIY STAVKA DARAJASINI OʻZGARISHSIZ QOLDIRDI

Markaziy bank boshqaruvining 2024-yil 25-yanvardagi yigʻilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

Iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi tasirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi oʻzgarishsiz qoldirildiPrognozlarga koʻra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini ta’minlashga qaratilgan.

Umumiy inflyatsiya soʻnggi oylarda 8,8 foiz darajasida saqlanib qoldi. Iste’mol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, хizmatlar inflyatsiyasi oхirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayish ehtimoli mavjudligini koʻrsatadi.

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 19:05
Saytga qaytish