Kuzatuvchi.uz / HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

     Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq talim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy talimfan va innovatsiyalar vazirligishuningdek Maktabgacha va maktab talimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Har yili 30 yanvarga qadar tasdiqlangan tematik filmlar roʻyхati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Tegishincha, Agentlik har yili 50 tagacha film ishlab chiqaradi.

Bunda filmlar mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va ularni joylashtirish uchun mobil ilova yaratish rejalashtirilgan.

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 18:55
Saytga qaytish