HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI
Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Har yili 30 yanvarga qadar tasdiqlangan tematik filmlar roʻyхati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Tegishincha, Agentlik har yili 50 tagacha film ishlab chiqaradi.
Bunda filmlar mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.
2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va ularni joylashtirish uchun mobil ilova yaratish rejalashtirilgan.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИ ИШТИРОКЧИЛАРИНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ
personmaftuna 19-03-25, 06:24Ҳукумат қарори (ВМҚ-103-сон, 21.02.2025 й.) билан “Жабрланувчиларни, гувоҳларни ва жиноят процессининг бошқа...
MEHNAT SHARTNOMASI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 30-09-24, 02:10Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi...
FERMERLARGA FERMERLAR KENGASHIGA A'ZO BO‘LISHNING
personmaftuna 07-02-25, 13:49Xabaringiz bor 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-son Qonun bilan yer kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....