Kuzatuvchi.uz / YANGI QONUN

YANGI QONUN

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, pedagoglarning davlat huquqiy himoyasiga doir bir-qancha qat’i normalar belgilandi. Xususan, qonun bilan quyidagilar taqiqlanadi:

 pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

 pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

 pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

  Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va biz ushbu qonun normalariga yana batafsil to‘xtalamiz.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 10:16
Saytga qaytish