Kuzatuvchi » Siyosiy » YANGI QONUN

YANGI QONUN

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, pedagoglarning davlat huquqiy himoyasiga doir bir-qancha qat’i normalar belgilandi. Xususan, qonun bilan quyidagilar taqiqlanadi:

 pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

 pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

 pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

  Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va biz ushbu qonun normalariga yana batafsil to‘xtalamiz.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

personmaftuna 24-01-24, 03:14
0 “SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

“140 ta ilg'or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir...

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 21-02-25, 10:00
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

OʻRMON LANDSHAFTLARINI TIKLASHGA 205,45 MLN AQSH DOLLARI

personmaftuna 05-05-24, 12:06
0 OʻRMON LANDSHAFTLARINI TIKLASHGA 205,45 MLN AQSH DOLLARI AJRATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2024-yildagi PQ-140-sonli “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida...

menu
menu