Kuzatuvchi.uz / ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun sudga murojaat qilmadim. Hozirgi kunda endi alimentga berdim va aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Savol shuki, men xozir turmush o‘rtog‘imdan o‘tgan 4 yil uchun ham aliment undirishim mumkinmi ?

 JAVOB;

Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi. Biroq,

Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.

Demak, umumiy holatda o‘tgan davr uchun alimentni undirib bo‘lmaydi, faqat yuqoridagi kabi holat sudda tasdiqlansagina buning imkoni bor.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 10:09
Saytga qaytish