ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?
SAVOL;
Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun sudga murojaat qilmadim. Hozirgi kunda endi alimentga berdim va aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Savol shuki, men xozir turmush o‘rtog‘imdan o‘tgan 4 yil uchun ham aliment undirishim mumkinmi ?
JAVOB;
Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi. Biroq,
Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.
Demak, umumiy holatda o‘tgan davr uchun alimentni undirib bo‘lmaydi, faqat yuqoridagi kabi holat sudda tasdiqlansagina buning imkoni bor.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO'YICHA DAVLAT
personmaftuna 17-02-24, 03:13Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024-y) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy...
TEХNIK REGLAMENTLAR QANDAY ISHLAB CHIQILADI?
personmaftuna 19-05-25, 23:44Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi 128-son qarori bilan Te х nik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni...
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:08Vasiyatnoma bo‘lmaganida qonun bo‘yicha vorislik asosida meros taqsimlanadi. Qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka...