Kuzatuvchi.uz / UNESKONING 43-SESSIYASI “SILK ROAD SAMARKAND” SAYYOHLIK MAJMUASIDA O'TKAZILADI

UNESKONING 43-SESSIYASI “SILK ROAD SAMARKAND” SAYYOHLIK MAJMUASIDA O'TKAZILADI

"2025-yilda UNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o'tkaziladi.

 

 Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

 

-Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko'rgazmalar tashkil etiladi;

 

-Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markaziga a'zo bo'lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;

 

-O'zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha UNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta'limni targ'ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro'yxatlarga kiritish choralari ko'riladi;

 

-Sessiyaning mamlakatimizda o'tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O'zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

19-03-2024, 01:54
Saytga qaytish