UNESKONING 43-SESSIYASI “SILK ROAD SAMARKAND” SAYYOHLIK MAJMUASIDA O'TKAZILADI
"2025-yilda UNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o'tkaziladi.
Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:
-Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko'rgazmalar tashkil etiladi;
-Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markaziga a'zo bo'lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
-O'zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha UNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta'limni targ'ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro'yxatlarga kiritish choralari ko'riladi;
-Sessiyaning mamlakatimizda o'tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O'zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA
personmaftuna 11-12-24, 15:15Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...
YAGONA YETKAZIB BERUVCHILAR REYESTRI NIMA ?
personmaftuna 30-09-24, 11:50O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida’’ qonuni 12.03.2021-yil qonunining 73-moddasiga asosan...
XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA
personmaftuna 17-05-24, 01:52Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan...