Kuzatuvchi.uz / FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI SOHASIGA OID “10 SAVOLGA 10 JAVOB”

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI SOHASIGA OID “10 SAVOLGA 10 JAVOB”

  1. Nikoh tuzishning   ixtiyorligi haqida nimani tushunasiz?

Javob: O`zbekiston Respublikasi OKning 14-moddasiga asosan nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo`lajak er-xotin o`z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.

  1. Agar ota-onalari o`rtasida nikoh qayd etilmagan bo`lsa, (tug`ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Onaning notarial  yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo`yicha amalga oshiriladi.

     3.Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatlar  taqdim qilinadi?

Javob: Sudning qonuniy kuchga kirgan  farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko`chirma, farzandlikka olinayotgan bolaning   tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi, farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinadi.

  1. FHDY organlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik  va ularning faoliyatini nazorat qilish,  FHDY organlarini tashkil etish  va tugatish qaysi vazirlik tomonidan amalga oshirildi?.

Javob: Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

  1. FHDY organlarida ish yuritish  tartibi to`g`risidagi Nizom qaysi vazirlik tomonidan tasdiqlanadi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

  1. FHDY   organlari  yozuvlarini tuzish orqali qaysi fuqarolik holatlari   dalolatnomalarini qayd etadi?

Javob: tug`ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o`lim.

  1. Fuqarolar   yig`inlari  tomonidan  qaysi   shaxslarning o`limini qayd etilishiga yo`l qo`yilmaydi?

Javob: Shaxsi aniqlanmagan va sud tomonidan vafot  etgan deb e`lon qilingan shaxslarning o`limi.

  1. Fuqarolik   holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi bo`yicha qaysi organlarga shikoyat qilinishi mumkin?

Javob: Adliya boshqarmalariga, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki sudga belgilangan tartibda.

  1. Bolaning nasl – nasabi  xususidagi barcha nizolar qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Sud tartibda hal qilinadi.

 

  1. 16 yoshdan oshgan, tug`ilishi qayd etilmagan shaxslarning  tug`ilganligini  qayd etish   qanday tartibda amalga oshiriladi ?

Javob: Sudning   hal qiluv qarori asosida  amalga oshiriladi.

  1. Nikoh shartnomasi nima? 

Javob: Nikohlanuvchi shaxslarning   yoki  er va xotinning  nikohda bo`lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hisoblanadi.

 

Z.YO‘LDOSHEVA,

Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi I-toifali inspektori.

14-03-2024, 06:14
Saytga qaytish