FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI SOHASIGA OID “10 SAVOLGA 10 JAVOB”
- Nikoh tuzishning ixtiyorligi haqida nimani tushunasiz?
Javob: O`zbekiston Respublikasi OKning 14-moddasiga asosan nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo`lajak er-xotin o`z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.
- Agar ota-onalari o`rtasida nikoh qayd etilmagan bo`lsa, (tug`ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo`yicha amalga oshiriladi.
3.Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
Javob: Sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko`chirma, farzandlikka olinayotgan bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi, farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinadi.
- FHDY organlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik va ularning faoliyatini nazorat qilish, FHDY organlarini tashkil etish va tugatish qaysi vazirlik tomonidan amalga oshirildi?.
Javob: Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
- FHDY organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi Nizom qaysi vazirlik tomonidan tasdiqlanadi?
Javob: Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
- FHDY organlari yozuvlarini tuzish orqali qaysi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi?
Javob: tug`ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, o`lim.
- Fuqarolar yig`inlari tomonidan qaysi shaxslarning o`limini qayd etilishiga yo`l qo`yilmaydi?
Javob: Shaxsi aniqlanmagan va sud tomonidan vafot etgan deb e`lon qilingan shaxslarning o`limi.
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi bo`yicha qaysi organlarga shikoyat qilinishi mumkin?
Javob: Adliya boshqarmalariga, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki sudga belgilangan tartibda.
- Bolaning nasl – nasabi xususidagi barcha nizolar qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Sud tartibda hal qilinadi.
- 16 yoshdan oshgan, tug`ilishi qayd etilmagan shaxslarning tug`ilganligini qayd etish qanday tartibda amalga oshiriladi ?
Javob: Sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
- Nikoh shartnomasi nima?
Javob: Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo`lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hisoblanadi.
Z.YO‘LDOSHEVA,
Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi I-toifali inspektori.
Boshqa maqolalar
SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI
personmaftuna 27-01-24, 05:07Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Shaxsni ushlash...
SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH
personmaftuna 30-05-24, 01:57Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan...
KREDIT TARIXI NIMA?
personmaftuna 30-09-24, 02:14Kredit tarixi – bu sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni...