Kuzatuvchi.uz / BMT PRINSIPLARI MILLIY STATISTIKA TIZIMIGA JORIY ETILADI

BMT PRINSIPLARI MILLIY STATISTIKA TIZIMIGA JORIY ETILADI

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-114-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta'minlash bo'yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta'minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:

 

-rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma'lumotlari Statistika ma'lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

 

-BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo'yicha qo'llanmalarni to'liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko'riladi. 

 

Bunda:

-rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;

-BMT tomonidan ma'qullangan qo'llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo'llanmasi ishlab chiqiladi;

-milliy statistika tizimini global baholashdan o'tkazish tashkil etiladi va natijalari e'lon qilinadi. 

     2025-yil 1-yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalarioliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.
    2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o'rtasida elektron ma'lumotlar almashinuvi yo'lga qo'yiladi.

O.RAJAPOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

11-03-2024, 01:11
Saytga qaytish