BMT PRINSIPLARI MILLIY STATISTIKA TIZIMIGA JORIY ETILADI
“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-114-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta'minlash bo'yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta'minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:
-rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma'lumotlari Statistika ma'lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;
-BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo'yicha qo'llanmalarni to'liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko'riladi.
Bunda:
-rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;
-BMT tomonidan ma'qullangan qo'llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo'llanmasi ishlab chiqiladi;
-milliy statistika tizimini global baholashdan o'tkazish tashkil etiladi va natijalari e'lon qilinadi.
O.RAJAPOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING YANGI MEXANIZMI JORIY
personmaftuna 29-09-24, 20:43O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash...
PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 27-03-24, 11:41Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni...
ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 06-12-24, 11:29Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan....