Kuzatuvchi.uz / HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Har yili 30 yanvarga qadar tasdiqlangan tematik filmlar roʻyхati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Tegishincha, Agentlik har yili 50 tagacha film ishlab chiqaradi.

Bunda filmlar mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va ularni joylashtirish uchun mobil ilova yaratish rejalashtirilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

5-03-2024, 07:23
Saytga qaytish