HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI
Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Har yili 30 yanvarga qadar tasdiqlangan tematik filmlar roʻyхati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Tegishincha, Agentlik har yili 50 tagacha film ishlab chiqaradi.
Bunda filmlar mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.
2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va ularni joylashtirish uchun mobil ilova yaratish rejalashtirilgan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI VA IJTIMOIY
personmaftuna 29-09-24, 22:39Vazirlar Mahkamasining 06.08.2024-yildagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan...
ISHGA QABUL QILISHNI QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETISHGA
personmaftuna 11-12-24, 15:12Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi: mehnat va...
BOLALAR GEMATOLOGIYASI VA ONKOLOGIYASINI DAVOLASHDA USTUVOR
personmaftuna 01-06-24, 02:06Prezidentning 21.05.2024 - yildagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy...