Kuzatuvchi.uz / SANOAT NAMUNASIGA PATENT BERISH QOIDALARI BELGILANDI

SANOAT NAMUNASIGA PATENT BERISH QOIDALARI BELGILANDI

Adliya vazirining buyrugʻi bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi.

 

Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:

 

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan obyektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.

 

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda ancha avvalroq ustuvorlik bilan berilgan talab qilib olinmagan patent berishga talabnomalar ham hisobga olinadi.

 

Quyidagilar sanoat namunalari sifatida tan olinmaydi:

 

Sanoat namunasi muallifi sifatida uni ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaхs tan olinadi. Agar ob’yekt bir nechta shaхslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ularning barchasi, agar kelishuvga koʻra ularning oʻrtasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning teng huquqli hammualliflari deb tan olinadi.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

 

 

22-02-2024, 07:29
Saytga qaytish