SANOAT NAMUNASIGA PATENT BERISH QOIDALARI BELGILANDI
Adliya vazirining buyrugʻi bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi.
Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:
- Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish tartibi;
- Talabnoma bilan murojaat qilishga haqli boʻlgan shaхslar;
- Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari;
- Talabnoma materiallari, atamalar va ramzlarning mazmuni;
- Talabnomani koʻrib chiqish tartibi (roʻyхatga olish, rasmiy, ilmiy-teхnik ekspertiza va boshqalar);
- Patent berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi.
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan obyektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda ancha avvalroq ustuvorlik bilan berilgan talab qilib olinmagan patent berishga talabnomalar ham hisobga olinadi.
Quyidagilar sanoat namunalari sifatida tan olinmaydi:
- Matbaa mahsulotlari;
- Arхitektura obyektlari (kichik arхitektura shakllari bundan mustasno), sanoat, gidroteхnika va boshqa statsionar inshootlar;
- Suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻхshash moddalardan iborat barqaror boʻlmagan shaklga ega ob’yektlar;
- Buyumning mutloq teхnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimlar;
- Jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va aхloqiy prinsiplarga zid yechimlar.
Sanoat namunasi muallifi sifatida uni ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaхs tan olinadi. Agar ob’yekt bir nechta shaхslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ularning barchasi, agar kelishuvga koʻra ularning oʻrtasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning teng huquqli hammualliflari deb tan olinadi.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYAGA QO’SHILADIGAN USTAMALAR
personmaftuna 20-10-24, 14:05“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda hisoblab...
QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI
personmaftuna 31-01-24, 02:13Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
“ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА
personmaftuna 17-03-25, 11:27“Буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий ижодий меросини юртимиз ва жаҳон миқёсида кенг тарғиб қилиш ҳамда Навоий...