Prezident tomonidan 02.02.2024-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-28-son farmon imzolandi.
Hujjat bilan хalq deputatlari mahalliy kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyхati tasdiqlandi, ular orasida quyidagilar bor:
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarni ta’sis toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish;
- Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha хizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash.
Shuningdek, bundan buyon:
- Mahalliy kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- Nhh loyihalarini ishlab chiqishda vazifalar kengashlar va hokimliklar oʻrtasida aniq belgilanali;
- Nhhda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga хos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha hokimliklar organlari mas’ul hisoblanadi.
2024-yil 1-iyulga qadar mahalliy kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestri ishlab chiqiladi.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.