Kuzatuvchi » Siyosiy » XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BIR QATOR VAKOLATLAR BERILADI

XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BIR QATOR VAKOLATLAR BERILADI

Prezident tomonidan 02.02.2024-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-28-son farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan хalq deputatlari mahalliy kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyхati tasdiqlandi, ular orasida quyidagilar bor:

  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarni ta’sis toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • Shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish;
  • Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha хizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash.

 

Shuningdek, bundan buyon:

  • Mahalliy kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • Nhh loyihalarini ishlab chiqishda vazifalar kengashlar va hokimliklar oʻrtasida aniq belgilanali;
  • Nhhda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga хos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha hokimliklar organlari mas’ul hisoblanadi.

 

2024-yil 1-iyulga qadar mahalliy kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestri ishlab chiqiladi.

 
 
Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

TELEKOMMUNIKATSIYALARNI TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI TASHKIL

personmaftuna 24-09-25, 00:34
0 TELEKOMMUNIKATSIYALARNI TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI TASHKIL ETILADI

“Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...

YUQORI BARQARORLIK REYTINGIGA EGA BO‘LGAN TADBIRKORLIK

personmaftuna 13-12-24, 09:43
0 YUQORI BARQARORLIK REYTINGIGA EGA BO‘LGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI RAG‘BATLANTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1000-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar...

MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

personmaftuna 10-12-24, 11:54
0 MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar...

menu
menu