Vazirlar Mahkamasining 12.04.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yongʻin хavfsizligi qoidalari va transport vositalaridan foydalanish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi 224-son qarori qabul qilindi.
Avvalroq dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalarini (moped va skuterlarni) boshqarish uchun 2025-yil 1-martdan tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlish kerakligi belgilangan edi. Oʻzgartirishlarga muvofiq, ushbu muddat 2025-yil 1-oktabrga koʻchirildi.
Bundan tashqari, Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning amal qilish muddati 2025-yil 30-sentabrga qadar uzaytirildi.
Hujjat bilan shuningdek Xonalarni koʻchma oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlashning yangi me’yorlari tasdiqlandi. Yangi tahrirda oʻt oʻchirish aerozoli generatori bilan jihozlashning me’yorlari aks ettirilgan (shu yerda tanishish mumkin.)