O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan farmoni (PF-34-son, 07.02.2024-y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi.
🔰 Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
- Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
▶️ Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. (Ilgari 2 yil edi)
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.