AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO‘NALISHIDA YUTUQLARGA ERISHGAN XOTIN-QIZLAR ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan farmoni (PF-34-son, 07.02.2024-y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi.
🔰 Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
- Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
▶️ Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. (Ilgari 2 yil edi)
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI
personmaftuna 18-09-24, 19:22Yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd...
PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA
personmaftuna 23-07-24, 14:08“Parrandachilik sohasini yanada qo'llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy...
ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ТАЪМИНЛАШ МИЛЛИЙ АГЕНТЛИГИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 05-06-25, 13:39“Таълим сифатини таъминлаш ва таълим хизматлари кўрсатиш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...