Kuzatuvchi.uz / TO‘LOV HUJJATLARI KO‘CHIRMA NUSXALARINI TAQDIM ETISH TO‘G‘RISIDAGI TALAB BEKOR QILINDI

TO‘LOV HUJJATLARI KO‘CHIRMA NUSXALARINI TAQDIM ETISH TO‘G‘RISIDAGI TALAB BEKOR QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ-905-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰 Unga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqqanlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji, yig‘imlar yoki boshqa to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.

🗓 Shuningdek, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.

- “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi. (Ilgari 3 ish kuni edi)

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

22-02-2024, 07:02
Saytga qaytish