TO‘LOV HUJJATLARI KO‘CHIRMA NUSXALARINI TAQDIM ETISH TO‘G‘RISIDAGI TALAB BEKOR QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ-905-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰 Unga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqqanlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji, yig‘imlar yoki boshqa to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.
🗓 Shuningdek, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.
- “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi. (Ilgari 3 ish kuni edi)
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
TA’LIM KREDITI
personmaftuna 27-01-24, 18:11Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
personmaftuna 18-03-24, 01:24“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (oiv infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish...
BILASIZMI?
personmaftuna 26-06-24, 01:10Qonunchilikka ko ' ra , koxlear implantasiya operasiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy - amaliy...