Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi;

talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar yoki xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Agar talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Shuningdek, talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 06:45
Saytga qaytish