Kuzatuvchi.uz / KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDA LITSENZIYALASH VA RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARI TAKOMILLASHTIRILADI

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDA LITSENZIYALASH VA RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARI TAKOMILLASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–866) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda to‘laydi.

Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-02-2024, 06:44
Saytga qaytish