KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDA LITSENZIYALASH VA RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARI TAKOMILLASHTIRILADI
Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–866) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda to‘laydi.
Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЎҚИТУВЧИЛАРГА ДАРС СОАТЛАРИ ҚАНДАЙ КЕТМА-КЕТЛИКДА
personmaftuna 30-09-24, 11:2530.06.2020 йилдаги 3271-сон билан рўйхатдан ўтган қўшма қарорга кўра,Умумтаълим муассасалари томонидан шакллантирилган...
KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA
personmaftuna 19-09-24, 00:23Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan...
HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI
personmaftuna 01-06-24, 02:48Prezidentning 15.05.2024 - yildagi “Hududlarda yoshlarga raqamli te х nologiyalar va х orijiy tillarni oʻrganish uchun...