Kuzatuvchi.uz / PAXTA MAYDONLARINING HAR GEKTARIGA 1 MLN SO‘MDAN SUBSIDIYA BERILADI

PAXTA MAYDONLARINING HAR GEKTARIGA 1 MLN SO‘MDAN SUBSIDIYA BERILADI

“Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-71-son, 13.02.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:

 

Shuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga o‘tkaziladi.

 

Gulnora MADAMINOVA,

 Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

17-02-2024, 03:09
Saytga qaytish