Kuzatuvchi.uz / “UMRA” XIZMATLARI SIFATSIZ KO‘RSATILGANDA ZIYORATCHILARGA YETKAZILGAN ZARAR QOPLANADI

“UMRA” XIZMATLARI SIFATSIZ KO‘RSATILGANDA ZIYORATCHILARGA YETKAZILGAN ZARAR QOPLANADI

Qonunchilikka muvofiq, turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega “Umra” xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi turoperator 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdordagi mablag'larni Turizm qo'mitasining Xavfsiz turizm jamg'armasiga zaxira qilib qo'yishi hamda ushbu mablag'larning yetarli miqdorini ta'minlab borishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/-6560257)

 

 Shunga ko'ra, tegishli turoperator tomonidan zaxira qilib qo'yiladigan mazkur mablag'lardan uning “Umra” xizmatlarini sifatsiz ko'rsatishidan jabr ko'rgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar o'rnini qoplash uchun sud qaroriga muvofiq foydalaniladi.

 

Gulnora MADAMINOVA,

 Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

17-02-2024, 03:07
Saytga qaytish