“UMRA” XIZMATLARI SIFATSIZ KO‘RSATILGANDA ZIYORATCHILARGA YETKAZILGAN ZARAR QOPLANADI
Qonunchilikka muvofiq, turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega “Umra” xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi turoperator 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdordagi mablag'larni Turizm qo'mitasining Xavfsiz turizm jamg'armasiga zaxira qilib qo'yishi hamda ushbu mablag'larning yetarli miqdorini ta'minlab borishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/-6560257)
Shunga ko'ra, tegishli turoperator tomonidan zaxira qilib qo'yiladigan mazkur mablag'lardan uning “Umra” xizmatlarini sifatsiz ko'rsatishidan jabr ko'rgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar o'rnini qoplash uchun sud qaroriga muvofiq foydalaniladi.
Gulnora MADAMINOVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
GOʻSHT EKSPORTINING ALOHIDA TARTIBI: QANDAY MAHSULOTLAR
personmaftuna 19-09-24, 07:07O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.08.2024 - yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil...
BILASIZMI?
personmaftuna 31-01-24, 04:13Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish: fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha...
BOLANI BOG’CHAGA JOYLASHTIRISHDA USTUNLIK KIMLARGA BERILADI
personmaftuna 19-09-24, 00:39Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bog‘chaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega...