Kuzatuvchi.uz / DAVLAT MULKI XARIDORIGA MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERILADI

DAVLAT MULKI XARIDORIGA MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERILADI

“Davlat mulkini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-907-son, 14.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

 

            Qonunga  ko'ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki bo'yicha:

 

davlat ko'chmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari, xaridor hamda balansda saqlovchi ishtirokida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi;

 

davlat muassasalarining, davlat unitar korxonalarining, xo'jalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari va xaridor o'rtasida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi.

 

 Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin, 5 ish kuni ichida xaridorga davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) vositasida QR-kod qo'yilgan holda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.

 

Davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari to'g'risidagi axborot vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining, jalb qilingan savdolar tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

17-02-2024, 00:07
Saytga qaytish