DAVLAT MULKI XARIDORIGA MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERILADI
“Davlat mulkini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-907-son, 14.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko'ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki bo'yicha:
davlat ko'chmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari, xaridor hamda balansda saqlovchi ishtirokida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi;
davlat muassasalarining, davlat unitar korxonalarining, xo'jalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari va xaridor o'rtasida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi.
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin, 5 ish kuni ichida xaridorga davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) vositasida QR-kod qo'yilgan holda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari to'g'risidagi axborot vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining, jalb qilingan savdolar tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
Bahodir YUSUPOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
JAMOA SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA SHAKLI QANDAY?
personmaftuna 27-12-24, 16:21Jamoa shartnomasi tushunchasi va shakli O'zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 65-moddasida ko'rsatib o'tilgan...
“TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR
personmaftuna 01-06-24, 02:44Prezidentning 13.05.2024 - yildagi “Termiz х alqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va...
ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИДА ҚАЙТА ИШЛАШ ЗАНЖИРИ
personmaftuna 01-09-25, 02:00“Тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатида қайта ишлаш занжирини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...