Kuzatuvchi.uz / BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI KAMAYTIRISHGA YORDAM BERDI

BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI KAMAYTIRISHGA YORDAM BERDI

Tadbirkor B.J. Qarshi shahridagi Tadbirkor virtual offisiga soliq organining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat qildi.

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi tomonidan B.J. Soliq kodeksining 221-moddasi 1-qismi bo‘yicha 10 mln so‘m jarimaga tortilgan.

Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori Ismoil Saitovning tushuntirishicha, Soliq kodeksining 216 va 218-moddalariga muvofiq ilgari shu kabi huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan soliq huquqbuzarligini sodir etish fakti og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olingan. Bunday vaziyat mavjud bo‘lganda, jarima miqdori ikki baravar ko‘payadi.

B.J. ilgari shunga o‘xshash huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilmagan, lekin soliq organi tomonidan ikki hissa miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Shu munosabat bilan, Biznes-ombudsman devonining qonuniy talablariga ko‘ra Qarshi shahar soliq inspeksiyasi qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha qaror qabul qildi. Noto‘g‘ri qo‘llanilgan 10 mln so‘m jarima 5 mln so‘mgacha kamaytirildi va 10 kunlik imtiyozli davr davomida tadbirkor tomonidan 2,5 mln so‘m to‘landi.

Shunday qilib, Biznes ombudsman devonining aralashuvi tufayli tadbirkor soliq organi tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanilgan jarima miqdorini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

9-02-2024, 22:44
Saytga qaytish