Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA O‘TKAZILDI

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA O‘TKAZILDI

  Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli  «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi. 

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishligi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Sport vazirligi hamda  uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid  davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi.

 

Sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilma sport ob’ektlari va inshootlarning loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

 

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

9-02-2024, 22:43
Saytga qaytish