Kuzatuvchi.uz / AHOLI XAVFSIZLIGI UCHUN FARMASEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

AHOLI XAVFSIZLIGI UCHUN FARMASEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

  

Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonni imzolandi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

 Farmakologik nazorat tizimi  ICH GCP, ICH E2A, ICH E2B, ICH E6 xalqaro standartlari talablariga asoslanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi: 

 • dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash: ma’lumotlar dori muomalasining barcha sub’ektlari, jumladan, bemorlar, shifokorlar, farmasevtlar, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlardan to‘planadi;

• dori vositalari xavfsizligini baholash: farmakologik nazorat  tizimida to‘plangan ma’lumotlar bemorlar xavfsizligiga potensial xavf-xatarlarni aniqlash uchun mutaxassislar tomonidan baholanadi;

• potensial tahdidlarga javob berish: agar bemor xavfsizligiga potensial tahdidlar aniqlansa, dorini bozordan qaytarib olish, undan foydalanishni cheklash yoki foydalanish yo‘riqnomasidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish kabi tegishli choralar ko‘riladi.

Tizim dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa nojo‘ya ta’sirlar sonining kamayishiga va tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keladi.

  S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

9-02-2024, 22:38
Saytga qaytish