AHOLI XAVFSIZLIGI UCHUN FARMASEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI
Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonni imzolandi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.
Farmakologik nazorat tizimi ICH GCP, ICH E2A, ICH E2B, ICH E6 xalqaro standartlari talablariga asoslanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
• dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash: ma’lumotlar dori muomalasining barcha sub’ektlari, jumladan, bemorlar, shifokorlar, farmasevtlar, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlardan to‘planadi;
• dori vositalari xavfsizligini baholash: farmakologik nazorat tizimida to‘plangan ma’lumotlar bemorlar xavfsizligiga potensial xavf-xatarlarni aniqlash uchun mutaxassislar tomonidan baholanadi;
• potensial tahdidlarga javob berish: agar bemor xavfsizligiga potensial tahdidlar aniqlansa, dorini bozordan qaytarib olish, undan foydalanishni cheklash yoki foydalanish yo‘riqnomasidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish kabi tegishli choralar ko‘riladi.
Tizim dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa nojo‘ya ta’sirlar sonining kamayishiga va tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI?
personmaftuna 20-03-24, 06:51Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat...
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHINING
personmaftuna 28-06-24, 23:42Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida[O‘zbekiston...
ТАЛАБА ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎҚИШДАН ЧЕТЛАТИЛАДИ ?
personmaftuna 30-09-24, 16:09Ҳукуматнинг 20.06.2017 йил кунги 393-сон қарорига кўра, талабалар қуйидаги ҳолларда ўқишдан четлатилади. ўз хоҳишига...