O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 687-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 01.06.2023-yildagi PQ-82-son qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.
Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari:
- «Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
- nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
- nogironligi boʻlgan shaxsarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
- yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
- bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
- voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.
Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
- serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
- Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom;
- jamgʻarma ijroiya direksiyasining tuzilishi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.