Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI QAYERGA YOʻNALTIRILADI?

IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI QAYERGA YOʻNALTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 687-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 01.06.2023-yildagi PQ-82-son qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.
 Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari:

  • «Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
  • aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
  • nogironligi boʻlgan shaxsarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
  • yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
  • bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
  • voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.

Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
  • serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
  • Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.

Hujjat bilan quyidagilar  tasdiqlangan:

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom;
  • jamgʻarma ijroiya direksiyasining tuzilishi.

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING TOPSHIRIGʻI BILAN:

personmaftuna 30-09-24, 07:31
0 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING TOPSHIRIGʻI BILAN:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini...

RESPUBLIKA RUHIY SALOMATLIK MARKAZINING VAZIFALARI

personmaftuna 12-08-24, 23:46
0 RESPUBLIKA RUHIY SALOMATLIK MARKAZINING VAZIFALARI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida i х tisoslashtirilgan psi х iatriya va...

YOSH BOLALI AYOLLAR: MEHNAT QONUNCHILIGIDA ULARGA QANDAY

personmaftuna 01-05-24, 13:45
0 YOSH BOLALI AYOLLAR: MEHNAT QONUNCHILIGIDA ULARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILGAN?

Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan....

menu
menu