O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslar navbatsiz chipta olishlari mumkin:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan shaxslar;
urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
«Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.