KIMLAR TEMIR YO‘L KASSALARIDA NAVBATSIZ CHIPTA OLISHLARI MUMKIN?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslar navbatsiz chipta olishlari mumkin:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan shaxslar;
urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
«Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA
personmaftuna 16-12-24, 11:49Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...
DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN
personmaftuna 28-06-24, 08:24Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi...
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH
personmaftuna 14-06-24, 16:25O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...