Kuzatuvchi.uz / REKLAMADA OTA-ONALAR VA TARBIYACHILARNI OBRO'SIZLANTIRISH MUMKIN EMAS

REKLAMADA OTA-ONALAR VA TARBIYACHILARNI OBRO'SIZLANTIRISH MUMKIN EMAS

Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi: (https://lex.uz/docs/-6052631#-6053104)

 (https://lex.uz/docs/6052631#6053104)voyaga yetmaganlarning iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste'mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;

xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;

voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da'vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;

haqiqiy yoki o'yinchoq quroldan foydalanish;

ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish;

voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 23:00
Saytga qaytish