Kuzatuvchi » Siyosiy » REKLAMADA OTA-ONALAR VA TARBIYACHILARNI OBRO'SIZLANTIRISH MUMKIN EMAS

REKLAMADA OTA-ONALAR VA TARBIYACHILARNI OBRO'SIZLANTIRISH MUMKIN EMAS

Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi: (https://lex.uz/docs/-6052631#-6053104)

 (https://lex.uz/docs/6052631#6053104)voyaga yetmaganlarning iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste'mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;

xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;

voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da'vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;

haqiqiy yoki o'yinchoq quroldan foydalanish;

ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish;

voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MILLIY VAQT SHKALASI JORIY ETILMOQDA

personmaftuna 29-09-24, 22:29
0 MILLIY VAQT SHKALASI JORIY ETILMOQDA

Mehmonхonalarga imkoniyati cheklangan shaхslar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi Vazirlar Mahkamasining...

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA FISKAL INSTITUT BITIRUVCHI

personmaftuna 24-03-24, 17:22
0 TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA FISKAL INSTITUT BITIRUVCHI TALABALARIGA TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI DIPLOMI BERILADI

“Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi...

“TEMIR YO‘L TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN (O'RQ-1006-SON,

personmaftuna 27-12-24, 16:11
0 “TEMIR YO‘L TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN (O'RQ-1006-SON, 27.11.2024 Y.) IMZOLANDI

Qonun temir yo'l transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Temir yo'l transporti faoliyati quyidagi asosiy...

menu
menu