Kuzatuvchi.uz / 1-KURS TALABALARI HAM AKADEMIK TA’TIL OLSA BO‘LADIMI?

1-KURS TALABALARI HAM AKADEMIK TA’TIL OLSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, akademik taʼtil berishda talaba o‘qiyotgan kursga nisbatan cheklov mavjud emas. Bundan oldin amalda bo‘lgan nizomga ko‘ra, birinchi kurs talabalariga akademik taʼtil faqat talabalarning kasalligi tufayligina berilishi mumkin bo‘lgan.

Ushbu tartib 2021/2022 o‘quv yilidan eʼtiboran bekor qilingan.

O‘rnatilgan yangi tartibga muvofiq akademik taʼtil o‘quv yilining har qanday qismida beriladi va o‘qish davomida akademik taʼtil berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilingan.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:00
Saytga qaytish