Kuzatuvchi.uz / O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK MAOSHLARI QANDAY HISOBLANADI?

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK MAOSHLARI QANDAY HISOBLANADI?

O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq:

mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;

mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.     

O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bajargan ishi uchun yoki mehnat shartnomasida belgilab o‘tilgan vaqt uchun oylik maosh oladi.

Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo‘yicha hisoblanadi.

 Agar mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to‘lash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo‘yicha to‘lanadi.

Xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishda asosiy ish joyi bo‘yicha ish uchun va o‘rindoshlik asosida ish uchun ish haqi alohida-alohida hisob-kitob qilinadi.

Asos: Mehnat kodeksining 438-moddasi hamda "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida" gi Nizom.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 12:01
Saytga qaytish