Kuzatuvchi.uz / FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI TASHKIL ETILADI

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI TASHKIL ETILADI

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi.

Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7867) ko‘ra, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo‘linmalari tashkil etiladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar aʼzolariga beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so‘mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) oshiriladi.

2025-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.

Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etadi. 

Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni o‘tkazib boriladi.

Har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti taʼsis etiladi.

“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yo‘nalishida nominatsiya tashkil etiladi.

2024-yil 1-oktyabrdan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini taʼminlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 
30-09-2024, 11:28
Saytga qaytish