Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanishi belgilangan. Qonunchilikka ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1 mln 650 ming so‘mdan 3 mln 300 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

31-01-2024, 04:22
Saytga qaytish