Kuzatuvchi.uz / TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:

“Tibbiy xizmatlar mehmondo'stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi; 

davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi; 

konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko'rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

“Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;

toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

tog'li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo'lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;

2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog'i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog'lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to'lovi to'lashdan ozod qilinadi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 07:11
Saytga qaytish