Kuzatuvchi » Siyosiy » TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:

“Tibbiy xizmatlar mehmondo'stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi; 

davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi; 

konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko'rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

“Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;

toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

tog'li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo'lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;

2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog'i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog'lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to'lovi to'lashdan ozod qilinadi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI

personmaftuna 05-03-24, 07:24
0 QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAХSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR

Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...

AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH

personmaftuna 06-12-24, 16:08
0 AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH

So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish...

HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA BIOTEХNIK

personmaftuna 15-02-25, 02:00
0 HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH BOʻYICHA BIOTEХNIK TADBIRLAR QANDAY OʻTKAZILADI

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi VM Q-31-son qarori bilan Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona...

menu
menu