Kuzatuvchi.uz / KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARINING ROʻYХATDAN OʻTKAZILISHI SODDALASHTIRILDI

KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARINING ROʻYХATDAN OʻTKAZILISHI SODDALASHTIRILDI

Prezident 13.08.2024-yilda "Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-942-sonli Qonunni imzoladi. 

Hujjatda ta’kidlanishicha, amaliyotda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi. 

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.

Bundan tashqari, "Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida"gi Qonunga yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qoʻyish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

29-09-2024, 22:32
Saytga qaytish