KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARINING ROʻYХATDAN OʻTKAZILISHI SODDALASHTIRILDI
Prezident 13.08.2024-yilda "Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-942-sonli Qonunni imzoladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, amaliyotda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.
Bundan tashqari, "Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida"gi Qonunga yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qoʻyish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЭР-ХОТИН ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎЗЛАРИНИНГ ТАЪМИНОТИ УЧУН
personmaftuna 30-09-24, 16:28Оила кодексининг 118-моддасига кўра, қуйидаги ҳолларда собиқ эр-хотиндан бири етарли маблағга эга бўлган иккинчисидан...
TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
personmaftuna 24-07-24, 20:17Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan...
АГАР ШАХС НОҚОНУНИЙ РАВИШДА МАЪМУРИЙ ЖАВОБГАРЛИККА
personmaftuna 30-09-24, 17:03Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 302-моддасига асосан, Маъмурий жавобгарликка қонунга хилоф равишда...